23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,5 °C

Ijtimoiy hayot
14 Mart  2019 1618

Avtobuslar harakati aholini qoniqtirmayapti

Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida quyidagi mulohaza ko‘pchilikning e'tiborini tortdi va o‘z fikrini bildirishga chorladi.

 

“Bu 38-avtobus. Bekatlarning boshlanishi Sergeli 7, soat 07:47. Kimdir ishga, kimdir o‘qishga shoshyapti, avtobus to‘lib bo‘ldi, amallab yana ikkita bekatdan odam olish mumkin qolgan bekatdagilar sig‘maydi, qanday ketishini xech kimga qizig‘i yo‘q. Keyingisi 11-12 daqiqadan keyin yuradi... Avvalgiga nisbatan bu manzilda odamlar ikki barobarga ko‘paygan. Jamoat transportlari esa o‘sha-o‘sha. Nega?"

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining fikrlari quyidagicha:

Tadjibaeva Shaxnoza Ibragimovna: "Toshkentda avtobuslar katta shukr qilinglar viloyatlarda otayo‘l chaspik vaqtlarida odamlar taxlanib ketadi. To‘xtamasa nazoratchilar shopirlarni zug‘umga olsa kerak to‘xtasa odamlar baribir sig‘maydi"

Bu fikr muammo boshqa hududlarda ham mavjud ekanini bildirmoqda.

David Abdullaev: Ba'zi rivojlangan davlatlarda ham shu holat. Avtobuslarning oraliq vaqtini qisqartirish kerak.

Navro‘z Baqoev: Bilaman. Bir yil shu yerdan qatnaganman. 38 juda sekin yuradi.

Zuhriddin Abdullaev: 115 ham shunaqaku.

Bu fikr poytaxtimizdagi avtobuslarning harakatlanishida faqat shu yo‘nalishida muammo mavjud emasligini ko‘rsatmoqda.

Bu mavzu aholining e'tiborini tortayotgani, o‘z fikrini bildirishga urinayotgani bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, ertalab yo‘nalishli transportlar ham juda tiqilinch ekanligi aytilmoqda.

Takliflar orasida tiqilinch bo‘ladigan vaqtlarda avtobus harakati orasini qisqartirish taklifi ham berilmoqda.

Aslida e'tibor bersangiz, ayni shu vaqtlarda harakat oralig‘i ancha qisqartirilgan. Ammo bu amaliy harakat ham aholi ehtiyojlarini qoplay olmayapti.

Xo‘sh, bu fikrlarga mutasaddilar javob berarmikin?

 B.Meliqulova

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech