12 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,5 °C

Energetika
22 Oktyabr  2019 462

Atom energetikasi narxga oid barqarorlikni ta'minlaydi va bu iqtisodiyot uchun muhimdir

«O‘zatom» agentligida atom texnologiyalari bo‘yicha axborot agentligi negizida tanishuv seminari tashkil qilindi, deb xabar qiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Tadbir davomida hozirgi paytda AES ni joylashtirish bo‘yicha ustuvor maydonchada olib borilayotgan muhandislik-qidiruv ishlarining taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. Unda tanlangan maydonchaning o‘ziga xos xususiyatlari e'tiborga olingan holda texnologiyalar tanlanadi.

Mutaxassislar shuni ta'kidladiki, O‘zbekistonning elektr energiyaga bo‘lgan talabi oshib borayotganini hisobga olib, mamlakatimiz energobalansiga atom energetikasining kiritilishi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.  Bu, avvalo, mamlakatimizda 80 foiz elektr energiya ishlab chiqarilishini ta'minlovchi ko‘plab zamonaviy issiqlik elektr stansiyalariga sarflanayotgan tabiiy gazni tejash imkonini beradi. Gaz zahiralarining kamayishi, uni qazishga sarflanayotgan xarajatlarning ortayotganligi elektr energiya tannarxini oshiradi. Ayni paytda atom energetikasi narxga oid barqarorlikni ta'minlaydi va bu iqtisodiyot uchun muhimdir.

AES ning foydalanishga topshirilishi yiliga 2,4 GVT elektr energiyasini olish, demak, 3-3,5 mlrd. kubometr gazni tejash imkonini beradi.

Atom energetikasining mamlakatimizni elektr energiyasi bilan ta'minlash jarayoniga kiritish tobora ko‘payib borayotgan aholini elektr energiya bilan barqaror ta'minlashga qaratilgan. Bugungi kunda O‘zbekistonning elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyoji 69 mlrd. kVt/s ni tashkil etadi. Mamlakatimizda esa 64 mlrd kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bunday sur'atda hisob-kitoblarga ko‘ra, 10 yildan so‘ng mamlakatimiz ehtiyoji 117 mlrd. kVt/s ga yetadi yoki ikki baravar ortadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech