24 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,7 °C

Sanoat
18 Yanvar  2019 1026

“Navoiy KMK” DK qayta tashkil etiladi

 Kon-metallurgiya tarmog‘i korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, kon-metallurgiya tarmog‘ining yirik korxonalari 2019-yil yakunidan boshlab

  • moliyaviy hisobotlarni majburiy tartibda moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida tuzadi va xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb etgan holda mustaqil tashqi auditni o‘tkazadi;
  • aktivlarni sotish rentabelligi, aktiv va majburiyatlarning aylanishi, shuningdek, xalqaro fond birjalari va moliya institutlari talablariga asosan belgilanadigan boshqa ko‘rsatkichlar darajasi bo‘yicha minimal talablarni amaliyotga joriy qiladi.

2020-yil yakunidan boshlab:

  • hisob va hisobot bo‘yicha xalqaro standartlar (ISAR) prinsiplari va talablari asosida korporativ oshkoralik tadbiq etiladi;
  • global tashabbuskorlik hisobotiga (GRI) muvofiq hisobotlar shu jumladan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik masalalar bo‘yicha chop etiladi.
  • Uran qazib chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha davlat korxonasini hamda qimmatbaho metallar qazib chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha aksiyadorlik jamiyati shaklidagi korxonani tashkil etish orqali “Navoiy KMK” DK qayta tashkil etiladi.

Kon-metallurgiya tarmog‘ini isloh qilish bo‘yicha respublika komissiyasi tasdiqlandi.

Komissiya 2019-yil 1-martga qadar “Navoiy KMK” DKni qayta tashkil etish va korparativ boshqarishning zamonaviy usullarini tadbiq etish bo‘yicha yo‘l xaritasini tasdiqlaydi hamda 2019-yil 1-mayga qadar kon-metallurgiya tarmog‘ining yirik korxonalariga berilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqish va unifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.

2019-yil 1-martga qadar xalqaro maslahatchi va ekspertlarni jalb qilgan holda “Navoiy KMK” DKning balansida bo‘lgan va zaxiralari Qidiruv natijalari, mineral resurslar va ruda zaxiralari hisoboti Avstraliya kodeksi (JORC Code) standartlariga muvofiq qayta baholanadigan konlar ro‘yxati tasdiqlanadi.

2019-yil 30-avgustga qadar xalqaro ekspertlar ishtirokida “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech