23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,5 °C

Ijtimoiy hayot
27 Aprel  2019 1158

AQShlik professor o‘quv dasturlarini takomillashtirishda ko‘maklashadi

Shimoliy Jorjiya universitetining pedagogika fanlari doktori, professor Karli Vomak-Ven Xalq ta'limi vazirligiga o‘quv dasturlari hamda ta'lim standartlarini qayta ko‘rib chiqishda ko‘maklashadi, deb xabar bermoqda Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.

 

Professor Karli Vomak-Ven sentyabr oyidan O‘zbekistonda ish boshlaydi. Ikki oy mobaynida davlat ta'lim standartlarini baholashga va qayta ko‘rishga yordam beradi. Xususan, ta'lim jarayoniga STEAM dasturini joriy etishda o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda maslahat berib boradi.

AQShlik professor Fulbrayt dasturi bo‘yicha Xalq ta'limi vazirligiga maslahatchi etib tayinlandi. Ushbu dastur AQShlik yuqori malakali mutaxassislar va olimlarni tajriba almashish uchun jalb etish imkonini beradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech