19 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,8 °C

Yashil sayyora
21 May  2019 1677

Antoniu Guterrish Instagramda jahon hamjamiyatini Orolga e'tibor qaratishga chaqirdi

BMT Bosh kotibi ushbu ijtimoiy tarmoqdagi sahifani ochdi, u yerda fotosuratlar va fikrlar bilan o‘rtoqlashdi.

Profilda jami 12 ta fotosurat va 42 mingdan ziyod obunachilar mavjud.

BMT bosh kotibi Orol bilan bog‘liq vaziyat aks etgan postni joylashtirdi.

«Ikki yil avval Orol dengiziga tashrif buyurib, u yerda zamonimizning eng ulkan ekologik fojialaridan biriga guvoh bo‘ldim. Orol dengizi bir vaqtlar dunyodagi to‘rtinchi yirik ko‘l hisoblanardi, bir necha o‘n yillar davomida uning asta-sekin qurishi mintaqadagi davlatlar va hamjamiyatlar uchun qator muammolar keltirib chiqardi. Biroq hamjamiyat to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlansa, ko‘p narsani o‘zgartirish mumkinligini ham bilib oldim», deb yozadi u o‘z sahifasida.

Shuningdek, u mamlakatlarni o‘z kuchlarini faollashtirishga va iqlim o‘zgarishi, global isishning oldini olish uchun harakat qilishga chaqiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech