21 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,2 °C

Xavfsizlik
6 Dekabr  2019 596

Antiqa usul, buvi nevarasining tagligi orasiga 1 kg.dan ortiq tillani yashirdi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida qo‘shni davlatga chiqib ketayotgan ayollardan biri tilla taqinchoqlarni yashirincha olib chiqish uchun 2 yoshli nevarasidan foydalanmoqchi bo‘lgani aniqlandi, deb xabar qiladi Davlat bojxona qo‘mitasi.

Ya'ni, ushbu ayol nevarasining yo‘rgagi – tagligi orasiga tilladan ishlangan 6 dona zanjir, 4 dona bilaguzuk va 1 dona uzukni yashirgan holda noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ma'lum qilinmagan mazkur zargarlik buyumlarining umumiy og‘irligi 1 kg. 115 gr.ni, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra jami qiymati esa 334 mln. 500 ming so‘mni tashkil qilishi ma'lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech