22 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,2 °C

Transport
12 Dekabr  2019 505

Andijonda vagonlar temir yo‘l izidan chiqib ketdi

Bugun, 12 dekabr kuni soat 7:30 larda Qozog‘iston Respublikasidan 13 ta yarim ochiq vagonlarda “OOOTA Minirals” MChJ nomiga ko‘mir mahsulotlari keltirilgan.

Paytug‘ temir yo‘l bekatining 7-yo‘liga qo‘yilgan va ko‘mir maxsulotlari tushurib bo‘lingan vagonlarning g‘ildiraklarining tagiga temir yo‘l bashmaklari mahkamlanmaganligi sababli ushbu yarim ochiq bo‘sh vagonlar past tomonga harakatlanib ketishi natijasida 63080675-sonli yarim ochiq bo‘sh vagon temir yo‘lning chap tomonidagi ariqqa tushib ketgan va 60745015-sonli yarim ochiq bo‘sh vagonning oldi g‘ildiraklari temir yo‘l izidan chiqib ketgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.

Hodisa natijasida tan jaroxati olganlar yo‘q.

Xozirda qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech