20 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,4 °C

Dolzarb
19 Avgust  2019 721

Qirg‘izistondagi G‘alaba cho‘qqisida almatilik alpinistlar qor tagida qolishdi

Bu haqda «Kazinform» XAA shunday xabar qiladi.

Alpinistlar 6600 metr balandlikda qolib ketishgan va pastga tushish yoki biror kimsa bilan aloqa o‘rnatish imkoniyati mavjud emas. Qirg‘iziston FVVning MI-8 vertolyoti taxminan uchastka uzra aylanib, parvoz qildi. Biroq ob-havo yomonlashgani sabab, qidiruv parvozlari to‘xtab qoldi.

Bundan tashqari, vertolyotlarning juda yuqori balandlikdagi yuklamaga bardosh bera olmayotgani va bunday balandlikka ko‘tarilishi mumkin emasligi aytilmoqda.

Xan-Tengri tog‘idan qidiruv joyiga tog‘ qidiruv-qutqaruv guruhi chiqqan vertolyot yuborilgan. U ko‘tarilish mumkin bo‘lgan nuqtagacha parvoz qiladi va u yog‘iga orasida ko‘ngillilar ham bo‘lgan qidiruv guruhi piyoda harakat qilishni boshlab yuboradilar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech