12 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,5 °C

Xavfsizlik
9 Noyabr  2019 472

Akusherlik va ginekologiya markazida 15,3 mlrd. so‘m talon-toroj qilindi

“Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”dagi kirdikorlar fosh etildi, deb xabar qiladi bosh prokuratura matbuot xizmati.

 

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan “Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”da o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, markazning mansabdor va moddiy javobgar shaxslari, “Davr bank”ning Yunusobod filiali, “Ipak yo‘li” bankining Mirzo Ulug‘bek  filiali xodimlari hamda “T.S”, “S.F” MChJlari mansabdor shaxslari, “X.U” va “S.P.” xususiy korxonalari rahbarlari noqonuniy daromad orttirish maqsadida oldindan jinoiy til biriktirib, 2018  va joriy yilning o‘tgan davrida markazning jami 15,3 mlrd. so‘m pul mablag‘larini talon-toroj  qilganliklari  aniqlandi.

Hozirda “Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va  ginekologiya ilmiy-amaliy  tibbiyot markazi” mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddalari  bilan  jinoyat  ishi  qo‘zg‘atilib,  tergov  harakatlari olib  borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech