23 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,9 °C

Tashvishli xabar
14 May  2019 980

Aktrisa Yayra Abdullayeva 88 yoshda olamdan o‘tdi

Bugun, 14 may kuni taniqli aktrisa Yayra Abdullaeva 88 yoshida olamdan o‘tdi, deb xabar tarqatdi Qalampir.uz internet nashri.

Xabarda keltirilishicha, O‘zbekiston xalq artisti Yayra Abdullayeva shifoxonada olamdan ko‘z yumgan.

Taniqli o‘zbek aktrisasi 1930-yilda Toshkentda tug‘ilgan. Ijodiy faoliyatini 1944 – 1945-yillarda Gavhar Rahimova rahbarligidagi xotin-qizlar ansamblida boshlab, 1950-yilda A. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutini tugatgan. 

1950-yildan Hamza nomidagi O‘zbek Davlat (hozirgi O‘zbek Milliy) akademik drama teatrida ishlab, ko‘plab rangbarang obrazlarni yaratgan. 

San'atkor o‘zbek kino va teatr san'atida o‘z o‘rniga, o‘z ovoziga ega bo‘lgan diapozoni keng, qiziqish doirasi katta, ma’naviy jihatdan teran, tinib-tinchimas, yetuk aktrisa edi. U bir necha o‘n yillardan beri O‘zbekiston televideniesida ham faoliyat ko‘rsatib kelgan.

Yayra Abdullayevaning sermazmun va serqirra ijodiy faoliyati yuksak takdirlandi. 1964 yilda aktrisaga “O‘zbekiston xalq artisti” faxriy unvoni berildi. V.Shekspirning “Qirol Lir” tragediyasida yaratgan Regina obrazi uchun 1967-yilda Respublika Davlat mukofotaga sazovor bo‘ldi.

Yayra Abdullaeyva 1998-yilda “Do‘stlik” ordeni, 2011-yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech