22 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,2 °C

Sport
12 Dekabr  2019 551

Akbar Jo‘raev Jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Xitoyning Tyanszin shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘z yakuniga yetib borayotgan Jahon kubogida og‘ir vazn toifasida ishtirok etayotgan vakilimiz Akbar Jo‘raev bitta oltin va ikkita kumush mudalni qo‘lga kiritdi.

-109 kilogramm vazn toifasida qatnashgan vakilimiz dast ko‘tarishda 181 kg natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, uning siltab ko‘tarishda qayd etgan 219 kilogramm ko‘rsatkichini hyech bir ishtirokchi qaytara olmadi, deb xabar qiladi MOQ matbuot xizmati.

Ikki kurash bo‘yicha jamg‘arilgan 400 kilogramm uning yakunda yana bir kumush medal bilan taqdirlanishiga asos bo‘ldi. Shu tariqa vakilimiz ushbu musobaqada 1 ta oltin va 2 ta kumush medallariga ega chiqdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech