17 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,3 °C

Transport
7 Iyun  2019 1412

Aholining yengil avtomobillar bilan ta'minlanganligi 2,3 barobarga oshiriladi

Bugungi kunda yengil avtomobillar ishlab chiqarishning yillik quvvati 300 ming donani, yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarish quvvati yiliga 10 mingtani tashkil etadi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zavtosanoat” AJ vakillari ishtrokidagi brifingda aytib o‘tildi.

Ta'kidlanishicha, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar 2030-yilga kelib yengil avtomobillarning ichki bozorini 300 mingdan  450-460 ming donagacha ortishiga, avtobuslar sotuvi hajmining 1 mingdan 2 ming donagacha ortishiga imkon beradi.

Shu munosabat bilan, “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi avtomobilsozlik sanoatining maqsad, vazifa va yo‘nalishlarni o‘z ichiga oluvchi, 2030-yilgacha yanada rivojlantirishning yangi konsepsiyasini samarali amalga oshirishni nazarda tutuvchi  mutlaqo yangi model ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra aholining yengil avtomobillar bilan ta'minlanganligini 2,3 barobar oshirish, shu bilan birga, mamlakatning avtomobillashtirish darajasini ming kishi uchun 166 avtomobilga yetkazish ko‘zda tutilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech