16 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25 °C

Mamlakatimizda
10 Iyul  2019 316

Aholi muammolarini hal etishda “mahalla – sektor – Xalq qabulxonasi – mahalla” tizimi joriy qilindi

Axborot va ommaviy kommunakatsiyalar agentligida Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi tomonidan brifing o‘tkazildi.

Brifingda Prezidentimizning 2019-yil 2-apreldagi “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Farmonda murojaatlar bilan ishlash, aholi muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha “mahalla – sektor – Xalq qabulxonasi – mahalla” prinsipi asosida hamkorlik tizimi joriy qilindi, mazkur tizimning asosiy yo‘nalishlari va o‘zaro hamkorlikning batafsil tartibi belgilandi.

Ta'kidlanishicha, 2019-yil 1-iyundan boshlab fuqarolar yig‘inlari xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman (shahar) kengashlari raislarining birinchi o‘rinbosarlari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.

Sir emas, ayrim joylarda fuqarolar yig‘inlari faoliyatiga mahalliy hokimlik vakillarining asossiz aralashuvi tufayli kadrlar qo‘nimsizligi bilan bog‘liq holatlar uchrab turar edi. Farmonda bunday salbiy jihatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ular faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish, fuqarolar yig‘ini raislari faoliyatining kafolatlari yuzasidan bildirgan takliflari ham tuzilmaning aholi hayotida o‘rni va mavqyeini oshirishga xizmat qiladi.

Farmondagi eng muhim yangiliklardan biri bu fuqarolar yig‘inlari raislari va mas'ul kotiblari oylik ish haqi fondining joriy yilda 1,5 baravarga oshirilishi bo‘ldi.

Shuningdek, Farmonda  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga fuqarolar yig‘inlari tomonidan foydalanib kelinayotgan davlat mulki bo‘lgan binolarni biriktirilgan yer maydonlari bilan birgalikda xatlovdan o‘tkazish, ularni belgilangan tartibda fuqarolar yig‘inlariga mulk huquqi bilan berilishini hamda har chorakda tasdiqlangan grafik asosida hududiy markazlarda “Mahalla markazi” majmualari va namunaviy loyihalar asosida fuqarolar yig‘inlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash holati to‘g‘risida axborot berib borish toshirildi. 

Ushbu masala yuzasidan Respublika kengashida tegishli vazirlik va idora vakillaridan iborat Ishchi guruhi tuzilib, respublikadagi mavjud 9 093 ta fuqarolar yig‘inlari binolari xatlovdan o‘tkazildi.

Xatlov natijalari asosida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2 146 ta fuqarolar yig‘ini binolarining kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib, mulk huquqi bilan berildi.

Shuningdek, 5 399 ta fuqarolar yig‘inlari binolarini kadastrdan o‘tkazish va belgilangan tartibda rasmiylashtirish, ta'lim va tibbiyot muassasalarida joylashgan 1 548 ta fuqarolar yig‘inlarini bino bilan ta'minlash chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Joriy yil 6 oyi davomida 309 ta fuqarolar yig‘ini binosi ta'mirlandi, 89 tasi rekonstruksiya qilindi, 146 tasi yangi qurildi, 79 ta “Mahalla markazlari” barpo etildi.

Endilikda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) kengashlari hamda fuqarolar yig‘inlari xodimlarini ularning vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning faoliyatiga asossiz aralashish, taalluqli bo‘lmagan vazifalarni yuklash, shuningdek, fuqarolar yig‘inlari balansida bo‘lgan binolarni boshqa shaxslarga biriktirish yoki asossiz ravishda olib qo‘yish taqiqlanadi.

Muzaffar Abdullayev olgan suratlar

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech