20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,6 °C

Mamlakatimizda
7 Fevral  2019 2669

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga muvofiq, Agentlik axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi

Agentlikka Prezident tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlariga ko‘ra Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Qaror bilan, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:

  • “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi;
  • G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi;
  • “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi;
  • Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi;
  • “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti;
  • “Ko‘zi ojizlar bosmaxonasi” davlat korxonasi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy nashriyotlar;
  • “O‘qituvchi” ilmiy-metodik nashriyot markazi;
  • Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi;
  • Ommaviy kommunikatsiyalar bo‘yicha markaz;
  • Noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislar tayyorlash kasb-hunar kolleji;
  • “O‘zdavkitobsavdota’minoti” MChJ kitob mahsulotlarini tarqatish korxonasi;
  • “Ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasi” davlat korxonasi.

Shuningdek, qaror bilan 2019-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.

Dastur doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:

  • “Mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi, “Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”giQonunlar yangi tahrirda qabul qilinadi hamda Jurnalistlarning Kasb etikasi kodeksi ishlab chiqiladi;
  • Sud organlari bilan jurnalistlar orasida izchil hamkorlik o‘rnatiladi;

Respublika umumta’lim muassasalarida “Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi” loyihasi yaratiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech