27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,4 °C

Xalqaro munosabatlar
19 Mart  2019 1017

Afg‘oniston delegatsiyasi Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi

17-mart kuni Balx viloyati gubernatorining o‘rinbosari Shujouddin Shujo boshchiligidagi Afg‘oniston Islom Respublikasining delegatsiyasi Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

 

Afg‘oniston delegatsiyasi va u bilan birga kelgan Mozori-Sharif shahrida joylashgan Eron, Hindiston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston konsullik muassasalari rahbarlari Navro‘zga bag’ishlangan xalq saylida ishtirok etdilar.

Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida Afg‘oniston delegatsiyasi rahbari Shujouddin Shujo bayram tadbirlarida ishtirok etishga taklif etgani uchun O‘zbekiston tomoniga samimiy minnatdorlik izhor etdi va Balx viloyati gubernatori Is’haq Rahguzarning qutlov va tabriklarini yetkazdi.

Mozori-Shahrif va Termiz shaharlarida o‘tkaziladigan “Navro‘z” bayramlarida Balx va Surxondaryo viloyatlari vakillarining ishtirok etish an’anasi umumiy tarix, madaniyat, din va an’analarga ega ikki mamlakat va xalq o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash imkon beradi.

Afg‘oniston delegatsiyasi rahbari O‘zbekistonda yuz berayotgan jadal o‘zgarishlar Balx viloyati rahbariyati va butun afg‘on xalqini hayratga solayotganini qayd etdi. Surxondaryo viloyatida qurilayotgan yangi turar-joy mavzelari, davlat muassasalari binolari va ijtimoiy-maishiy ahamiyatdagi obyektlar ko‘lami mamlakatning barcha hududlarini rivojlantirish borasidagi Prezident Shavkat Mirziyoyevning e’tibori va g‘amxo‘rligidan yana bir bor dalolat beradi.

O‘zbekistonning Mozori-Sharif shahridagi Konsulxonasi ma’lumotlariga ko’ra Termiz shahridagi uchrashuvda ikki mamlakat chegara hududlarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ham muhokama qilindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech