17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,8 °C

Sport
15 Iyul  2019 643

Abdusalom Azizov O‘FA prezidenti etib saylandi

15-iyul kuni Radisson Blu mehmonxonasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda tashkiliy masala ko‘rildi. Oldindan belgilab qo‘yilganidek mazkur konferensiyada O‘FAga yangi prezident saylandi. Ayni vaqtda Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimida ishlab kelayotgan Abdusalom Azizov nomzodi O‘FA prezidentligi uchun ko‘rsatildi, deb xabar tarqatdi GoSport.uz internet-nashri. https://gosport.uz/football/faga-yangi-prezident-sajlandi/

O‘FA ijroqo‘mi a'zolari bir ovoz mazkur nomzodni qo‘llab ovoz berishdi. Natijada Abdusalom Azizov O‘FAning amaldagi prezidenti etib saylandi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha O‘FA prezidenti lavozimida Bosh vazir o‘rinbosari, Transport vaziri Ochilboy Ramatov ishlab kelayotgandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech