22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,8 °C

Mamlakatimizda
1 Avgust  2019 400

XTV: Toshkentdagi 81 ta maktabga qo‘shimcha kvota bo‘yicha qabul boshlanmadi

Xalq ta'limi vazirligi Toshkent shahridagi 81 ta umumiy o‘rta ta'lim maktablariga qo‘shimcha kvota asosida qabul boshlanmaganligini ma'lum qiladi, deya xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi qarori bilan “Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti” tasdiqlangan. Ma'muriy reglamentga muvofiq, Toshkent shahridagi 81 ta umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 1-sinfiga bolalar biriktirilgan mikrohudud bo‘yicha qabul qilinmoqda.

Jamoatchilik taklifi asosida Xalq ta'limi vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ma'muriy reglamentga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qaror loyihasini tayyorladi. Ushbu loyiha keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Qaror loyihasi qo‘shimcha kvota asosida qabul tartibini belgilab beradi, shu bilan birga pullik qabul tartibini bekor qilishni taklif etmoqda.

Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinganidan so‘ng, Toshkent shahridagi 81 ta umumiy o‘rta ta'lim maktablariga qo‘shimcha kvota asosida qabul ochiladi.

Ayni paytda 81 ta maktabga qabul asosiy kvota asosida amalga oshirilmoqda. 81 ta ta'lim muassasasidan tashqari, ya'ni ro‘yxatga kiritilmagan respublikamizdagi boshqa maktablarda qabul davom etmoqda.

Toshkent shahridagi 81 ta maktablarda qo‘shimcha kvotalar bo‘yicha qabul boshlanishi bilan bog‘liq yangiliklar Xalq ta'limi vazirligi tomonidan rasmiy veb sayti (www.uzedu.uz), ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari (@uzedu) va ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinishi ma'lum qilingan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech