20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Mamlakatimizda
25 Aprel  2019 911

560 ming so‘mlik nosoz nasos yangisiga almashtirildi

Navoiy viloyati Xatirchi tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga “Qoracha” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro N.Turobov shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan.

Ushbu murojaatda keltirilishicha, fuqaro Xatirchi tumani markazida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor J.Shukurovga tegishli savdo do‘konidan  560 000 so‘mga suv nasosi harid qilgan. Fuqaro xonadoniga borib xarid qilgan suv nasosini ishlatib ko‘rganida nosozlik aniqlangan. “Bosh og‘rig‘i” bo‘lgan nosoz suv nasosini almashtirish yoki pulini qaytarib olish maqsadida do‘kon sotuvchisiga murojaat qilganida rad javobini olgan fuqaro amaliy yordam so‘rab jamiyatga murojaat qilgan, deya ma'lum qilmoqda Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi.

Tuman jamiyati xodimlari tomonidan YaTT J.Shukurovga tegishli savdo do‘konida ushbu ariza o‘rganib chiqildi. Do‘kon sotuvchilariga O‘zbekiston Respublikasining “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari tushuntirilishi natijasida iste'molchidagi sifatsiz mahsulot boshqasiga almashtirib berildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech