19 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,4 °C

Ijtimoiy hayot
11 Sentyabr  2019 652

Yangi film tasiri sabab 38 oila qayta tiklandi

Oliy sud raisining o‘rinbosari X. Yodgorov va Oliy sud sudyalari Xorazm viloyati Urganch shahridagi Yoshlar markazi majlislar zalida viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi va Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda turli sabablarga ko‘ra ajrashib ketgan 108 nafar er-xotin va ularning ota-onalari hamda mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi, deb xabar beradi Oliy sud matbuot xizmati. 

Oila va farzand muqaddasligi, oiladagi notinchlikning kelib chiqish sabab hamda oqibatlari chuqur huquqiy va ma'naviy tahlil qilib berildi. 

Shuningdek, Oliy sud buyurtmasi asosida oilaviy ajralish oqibati haqida suratga olingan “Farzand – omonat” va “Ota” deb nomlangan qisqa metrajli filmlar namoyish etildi. 

Bu esa ishtirokchilarni befarq qoldirmadi. Filmni barcha ko‘zida yosh bilan tomosha qildi. Bundan o‘ziga tegishli xulosa chiqargan 38 oila yarashdi, ularning farzandlari endi ota-ona bag‘rida voyaga yetadigan bo‘ldi.

Shuningdek, aholi va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi, ularning murojaatlari tinglandi.

Urganch va Xiva shahridagi qabul natijalari bo‘yicha jami 73 nafar fuqaro va tadbirkor qabul qilindi. Shundan 21 ta murojaat nazorat tartibida o‘rganib chiqish uchun qabul qilindi. 

Qabullarda 52 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi. 9 nafar fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal etildi. Jumladan, fuqaro Q. Tangirbegenovning murojaati ijobiy hal etildi. Uning onasi, bir nafar voyaga yetmagan farzandi bor, 1992-yilda tug‘ilgan T. X. ga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanib, u xotin-qizlar kafilligiga berilgan holda sud zalidan qamoqdan ozod qilindi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech