17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,2 °C

Mamlakatimizda
19 Iyul  2019 993

Bektemir tumanida 35 metrli davlat bayrog‘i o‘rnatildi

Bektemir tumani Ohangaron va Husayn Boyqaro ko‘chalari kesishmasidagi “Suvsoz” aylanmasida ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Hudud ko‘kalamzorlashtirildi va aholining dam olishi uchun o‘rindiqlar o‘rnatildi, veloyo‘lak tashkil etildi. Aylanma markaziga milliy g‘urur va iftixorimiz ramzi bo‘lgan 35 metrli davlat bayrog‘i o‘rnatildi. 

Bunday tadbirlar natijasida  aholining sayr qilib, madaniy hordiq chiqaradigan maskanlari ko‘payib, shahrimiz yanada ko‘rkamlashib bormoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech