23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,8 °C

Xavfsizlik
24 May  2019 791

320 mln. so‘mlik noqonuniy olib kirilgan dori vositalari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod shahar bo‘limi tomonidan DXX shahar bo‘limi va Toshkent viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Bekobod shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda bosh prokuratura matbuot xizmati.

Unda Bekobod shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro A.X. o‘z xonadonida xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalarini noqonuniy ravishda muomalaga kiritishga mo‘ljallangan «yama» tashkil etganligi aniqlangan.

Xususan, ushbu «yama»da O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonuniy olib kirilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 320 mln. so‘mlik dori vositalari hamda 84 kg «Latun» (rangli metall) parchalari saqlanayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan A.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech