19 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,5 °C

Xavfsizlik
10 Sentyabr  2019 729

3,2 milliard so‘mlik maishiy texnika buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Davlat soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘shni mamlakatdan Farg‘ona vodiysi orqali noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan maishiy texnika buyumlari fosh etildi, deb xabar beradi qo‘mita matbuot xizmati.

Kuzatuvga olingan yuk avtotransport vositalari Zangiota tumani hududida to‘xtatilib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, avtoulov yukxonasida hyech qanday hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, qolaversa, maxsus identifikatsion markalar bilan qadoqlanmagan 100 dona kontrafakt televizorlar borligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilganda, mazkur tumandagi omborlardan birida ham 24 nomdagi 938 dona televizorlar, 340 dona kir yuvish mashinasi, 60 dona muzlatgich va sovutgichlar borligi aniqlandi.

Ushbu hududda yana bir soxta tadbirkorning 12 nomdagi 210 dona televizorlari noqonuniy ravishda saqlanayotganligi fosh qilindi.

Maishiy texnika vositalarining umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 3,2 mlrd. so‘mni tashkil qilmoqda.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech