20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13 °C

Xavfsizlik
21 May  2019 786

319 million so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari maqsadsiz sarflab yuborilgan

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman bo‘limi xodimlari tomonidan, tuman prokuraturasi va Markaziy bank viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda AT “Xalq banki” Denov filialida “Har bir oila-tadbirkor” davlat dasturi ijrosi o‘rganildi, deb xabar bermoqda bosh prokuratura matbuot xizmati.

O‘rganishlar jarayonida ma'lum bo‘lishicha, 12 nafar fuqarolarga issiqxona qurish uchun 319 mln. so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan, ammo bank tomonidan ushbu ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadli ishlatilganligi o‘rganilmagan.  Natijada, mijozlar tomonidan kreditlar maqsadsiz sarflanib yuborilgan. Shunday bo‘lsada, kreditlar maqsadli ishlatilayotganligi haqida monitoring dalolatnomalari rasmiylashtirilib, rasmiy hujjatlarga bila turib soxta ma'lumotlar kiritib, 319 mln. so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan AT “Xalq banki” Denov filiali mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech