16 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Mamlakatimizda
30 Aprel  2019 484

29 ta xo‘jalik jamiyatining davlat aksiyalari investorlarga sotiladi

Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4300, 29.04.2019 y.) Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali malum qilmoqda.

Qarorga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish yo‘llari belgilanadi.

Kimyo va neft-gaz sanoati, mashinasozlik, bank-sug‘urta sohasidagi davlat aksiyalari, xususan, 29 ta xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi davlat aksiyalari investorlarga sotiladi.

“Aloqabank” AJ, “Qizilqumsement” AJ, “Coca-cola Ichimligi” qo‘shma korxonasidagi davlat aksiyalari shular jumlasidandir.

“Road Show” dasturlari ishlab chiqiladi.

Xalqaro biznes arenada O‘zbekistonning ijobiy imijini ilgari surish bo‘yicha “Invest in Uzbekistan” axborot kampaniyasi yaratiladi.

Shuningdek, 6 mlrd 131 mln dollarlik xorijiy investorlarga taklif etiladigan istiqbolli investitsiya takliflarining ro‘yxati tasdiqlandi.

2019-yilda O‘zbekiston vakillari 9 ta xalqaro iqtisodiy va investitsiyaviy forumlarda ishtirok etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech