11 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,5 °C

Energetika
11 Noyabr  2019 828

25 nafar iste'molchi noqonuniy ulangani uchun energiya tarmog‘idan ajratildi

“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishlarni aniqlash maqsadida joylarda o‘rganishlar o‘tkazildi, deb xabar qiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida jami 26 ta iste'molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. yetkazilgan zarar bo‘yicha 406,2 mln. so‘mlik elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilindi.

Xususan, Andijon viloyati, Asaka tumanida joylashgan “Oltin vodiy gilamlari” MChJ va Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish natijasida energetika tizimiga 372,8 mln. so‘mlik zarar yetkazilgan.

Shuni ta'kidlash joizki, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan 25 nafar iste'molchilarning elektr qurilmalari tarmoqdan ajratildi.

Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech