20 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,8 °C

Xavfsizlik
13 Sentyabr  2019 538

Surxondaryodagi bojxona postida 244 dona qadimiy tangalar ushlab qolindi

Yurtimiz sarhadlaridan madaniy boyliklarni noqonuniy tarzda olib o‘tilishiga bo‘lgan urinish bojxona xodimlari tomonidan o‘z vaqtida aniqlandi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi.

Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan xorijiy fuqaro A.Sh. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganda uning yuklari orasidan tegishli hujjatlari bo‘lmagan va deklaratsiyada ko‘rsatilagan 244 dona qadimiy tangalar hamda 2 dona tarixiy haykalchalar borligi aniqlandi.

Ekspertiza xulosasiga asosan, mazkur tanga va haykalchalar miloddan avvalgi III-II asrlarda zarb qilingani va ularning qiymati salkam 52 million so‘mni tashkil etishi ma'lum bo‘ldi.

Ashyoviy dalil sifatida olingan madaniy boyliklar Termiz Arxeologiya muzeyiga topshirilgan bo‘lib, holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech