26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,6 °C

Kеyingi avlod
6 Mart  2019 1825

23-26-mart kunlari Samarqandda “Qizlarjon” o‘quvchi-qizlar sammiti bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 23-26-mart kunlari shaharlar gavhari bo‘lmish Samarqand shahrida o‘quvchi-qizlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, kasb-hunarga o‘rgatish, shuningdek, milliy urf-odat va an’analar ruhida tarbiyalash maqsadida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Ilm-fan – kelajak poydevori” shiori ostida “Qizlarjon” o‘quvchi-qizlar sammiti tashkil etiladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar qildi.

 

Sammitda Respublika bo‘yicha 14-18 yoshdagi 8-11-sinf o‘quvchi-qizlar, har bir hududdan 10 nafardan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etishi mumkin:

 “Qizlarjon” klubi koordinatorlari;

 – xalqaro va respublika fan olimpiadalari g‘oliblari;

 – hunarmandlik bilan shug‘ullanayotgan o‘quvchi-qizlar;

–  innovatsion g‘oyalar muallifi bo‘lgan o‘quvchi-qizlar;

–  AKT sohasi bilan shug‘ullanuvchi o‘quvchi-qizlar;

–  fanlarni a'lo baholarga o‘zlashtirgan o‘quvchi-qizlar;

–  fanlarni a'lo baholarga o‘zlashtirgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;

–  O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy sardorlari;

–  profilaktik hisobdagi o‘quvchi-qizlar (tarbiyasi yaxshilanayotgan).

Sammitda ishtirok etish istagini bildirgan o‘quvchi-qizlar ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha joriy yilning 10-mart kunigacha Xalq ta’limi vazirligining hududiy boshqarmalariga sammit ishtirokchisi anketasini topshirishlari lozim.

Anketani quyidagi saytlardan: www.uzedu.uz, www.wcu.uz, www.yi.uz  olishlari mumkin.

O‘quvchi-qizlar suhbat asosida quyidagi mezonlarni inobatga olgan holda saralanadi:

 ijtimoiy jarayonlardagi faolligi;

 Vatanimiz tarixi va buguni haqida ma'lumotga egaligi;

 xorijiy tillarni mukammal bilishi;

 liderlik ko‘nikmalari shakllanganligi;

ta'lim, ijtimoiy sohalardagi xorij tajribasi bilan tanishligi;

  tanqidiy va tahliliy tafakkurining rivojlanganligi.

O‘quvchi-qizlar bilim-ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan turli mahorat darslari, tadbirlar va TED-Ed klublarini tashkil etish va yuritish sirlari, Soft skills ko‘nikmalari, Zamonaviy AKT imkoniyatlari va ularni hayotga tadbiq etish usullari, Innovatsion menejment, marketing va PR orqali investitsiyalarni jalb etish kabi mavzulardagi treninglarda ishtirok etadi.

O‘zingizni ilm-fanda erishayotgan yutuqlaringiz bilan – kelajak poydevoriman deb hisoblaysizmi? Unda shoshiling ishtirokchilar soni chegaralangan.

Ushbu loyiha Xalq ta'limi vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda Samarqand viloyati hokimligining hamkorlik loyihasi hisoblanadi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech