16 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,4 °C

Yashil sayyora
18 May  2019 524

22-may – Halqaro biologik xilmaxillik kuni munosabati bilan ertaga ekobog‘da bayram tadbiri bo‘ladi

19-may kuni soat 9:30 dan 14:00gacha Toshkent shahridagi Zaxriddin Muhammad Bobur nomidagi markaziy ekobog‘da xalqaro biologik xilma-xillik kuniga bag‘ishlangan madaniy-ma'rifiy tadbir o‘tkazilmoqda, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

 

Mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad keng jamoatchilik e'tiborini atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, biologik xilma-xillikni asrash va ekologik tizimlar yaxlitligini saqlab qolishga qaratishdir.

Markaziy ekobog‘ hududida o‘tkazilayotgan tadbir doirasida kattalar va maktab o‘quvchilari ishtirokida turli tanlovlar o‘tkaziladi.

Bayram O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimiyati, BMTning O‘zbekistondagi Taraqqiyot Dasturi, Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, “Ekomaktab” NNTlari hamkorligida tashkillashtirilmoqda. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech