16 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,6 °C

Energetika
10 Iyul  2019 394

2020-yil oxirigacha 100 foiz iste'molchilar avtomatlashtirilgan tizimga ulanadi

Yoqilg‘i-energetika sohasida o‘zaro hisob-kitoblarni yanada takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi (PF–5761, 09.07.2019 y.).

Farmonga muvofiq, 2019-yil 1-avgustdan tabiiy gazni va elektr energiyasini sotishdan tushadigan mablag‘lardan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratmalar, qo‘shilgan qiymat va aksiz solig‘ini chegirib tashlab, 5 foiz miqdorda amalga oshiriladi.

Ilgari tushgan mablag‘larning 10 foizi o‘tkazilgan.

2019-yil oxirigacha Elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanganlar soni 2,5 mln.ga yetkaziladi hamda 2020-yil oxirigacha 100 foiz iste'molchilar tizimga ulanadi.

Buning uchun Jamg‘arma mablag‘laridan 100 mlrd so‘m ajratiladi.

2020-yil 1-yanvardan prokuratura organlari xodimlari bir qismining ta'minoti Jamg‘armadan Davlat byudjetiga o‘tkaziladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech