26 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,8 °C

Mamlakatimizda
7 Iyun  2019 2899

2020-yil 1-yanvardan obodonlashtirish xodimlariga bir qator ustamalar to‘lanadi

Aholi punktlarini obodonlashtirish sohasida ishlar samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4351, 04.06.2019 y.).

Qarorga muvofiq Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi obodonlashtirish sohasidagi muammolarni o‘rganish va metodologik ta'minlashga mas’ul organ etib belgilandi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Qaror bilan 2019–2020-yillarda obodonlashtirish sohasida ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. “Yo‘l xaritasi” doirasida “Odamlar uchun shahar”, “Yashil shahar”, “Shahar bog‘” modellari qo‘llanilib hududlar obodonlashtiriladi.

2020-yil 1-yanvardan obodonlashtirish xodimlariga bir qator ustamalar to‘lanadi. Jumladan, obodonlashtirish bo‘linmalari xodimlariga ovqatlanish uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida kompensatsiya belgilanadi.

Qarorga muvofiq, “Obod hudud” axborot tizimi ishga tushiriladi.

2020-yil 1-yanvardan shahar ko‘chalarini qurish va ta’mirlashda unga tutash hududlar ham majburiy obodonlashtiriladi.

Toshkent shahrida eksperiment tariqasida jarayonlarni boshqarish va avtomatlashtirishning zamonaviy tizimlari joriy etiladi.

2019-yil 1-oktyabrdan yuridik va jismoniy shaxslar o‘ziga biriktirilgan hududni obodonlashtirish uchun mas’ul hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech