17 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,4 °C

Hukumat
11 Yanvar  2019 2339

2019-yilda Samarqandda 355 million dollarlik investitsiyalar o‘zlashtiriladi

Prezidentimiz Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida Toyloq tumanidagiPet Agro Oilqoshma korxonasida bolib, yog‘-moy ishlab chiqarish texnologiyasini kozdan kechirdi.

Shu yerda Samarqand viloyatiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohalariga oid loyihalar taqdimoti o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

2019-yilda viloyatda 355 million dollar investitsiyalarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan. O‘zbekistonning Xitoy, Turkiya va Ispaniyadagi elchixonalari hamda Gretsiyadagi konsulxonasi viloyat tumanlariga biriktirilgan.

Ushbu vakolatxonalar rahbarlari mahalliy hokimliklar bilan birga shakllantirilgan investitsiya loyihalarini taqdim etdi.

Shuningdek, “Azia Metall Prof” qo‘shma korxonasi tomonidan “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida tunukani rux bilan qoplash, qayta ishlash va polimerizatsiyalashni tashkil etish, 4 ming 300 gektar maydonga intensiv bog‘ yaratish, paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil qilish, tomchilatib sug‘orish, parrandachilikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan ma’lumot berildi.

Davlatimiz rahbari ushbu loyihalarning asosi, samaradorligi bilan qiziqdi. Ular yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berib, xorijiy tajribani o‘rganish, kerak bo‘lsa, chet eldan konsultantlar jalb etish zarurligini ta’kidladi.

Samarqand viloyatida 37 ming gektardan ziyod lalmi yer foydalanilmayotgani, ularni ishga solib, aholini ish va arzon mahsulotlar bilan ta’minlash mumkinligi qayd etildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech