19 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,8 °C

Mamlakatimizda
31 May  2019 447

2019-yil 1-iyundan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

Elektrotexnika sanoati tashkilotlariga:

-rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlagan holda ishlab chiqarishda foydalanishga ruxsat berildi;

-rangli metall parchalari va chiqindilarini topshirish prognoz ko‘rsatkichlari belgilanmaydi.

Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan va yuridik shaxslar pochta manzilidan (joylashgan yeridan) qat’iy nazar davlat xizmatlarini eksterritorial tamoyil bo‘yicha olishi mumkin.

Davlat xizmatlarini olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda, davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar Markazlar orqali yoki bevosita xizmat ko‘rsatuvchi organlarga murojaat etganda to‘lanadigan summadan 90 foiz miqdorida to‘lanadi.

Davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va tashkilotlar davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni o‘zlarining ma’lumotlar bazalariga va axborot tizimlariga elektron ko‘rinishda kiritib boradilar.

2019 yil 1 iyundan boshlab:

-ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish ijro hujjati kelib tushgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida ijro ishi qo‘zg‘atiladi (bundan avval 3 kun ichida qo‘zg‘atilgan);

-ijro harakatlari ko‘pi bilan ikki marta kechiktirilishi mumkin;

-ijro ishida tayinlangan mutaxassis ijrochining qarori bilan tanishgan kundan boshlab o‘n besh ish kuni ichida yozma xulosa taqdim etishga majbur.

Fuqarolar yig‘inlari xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman (shahar) kengashlari raislarining birinchi o‘rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.

 “Navoiy” EIZ qatnashchilari va ularning oila a'zolariga respublikadan chiqmasdan uzaytirish imkoniyati bilan, 3 yil amal qiladigan “investitsiya vizasi” beriladi.

Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, uning hududiy bo‘lim va bo‘linmalari xodimlari lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsientlari 1,7 baravar ko‘paytirilgan miqdorda qo‘llaniladi.

Qimmatbaho metallarni sotib olish uchun berilgan bank kreditlari foiz xarajatlarining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan, biroq kreditlar bo‘yicha 5 foizlik punktdan ortiq bo‘lmagan qismida qoplash uchun Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya qilish orqali zargarlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar qo‘llab-quvvatlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech