24 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,5 °C

Mamlakatimizda
21 Fevral  2019 1299

2019-yilda 478 ta qishloqlarda qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi

“Obod qishloq” dasturini 2019-yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

 

 

Qarorga muvofiq, 2019-yilda “Obod qishloq” dasturi doirasida:

- 159 ta tumanda 1,6 milliondan ortiq aholi yashaydigan 478 ta qishloqlarda qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi hamda mazkur chora-tadbirlar uchun 4,8 trillion so‘m sarflanadi;

- umumiy uzunligi 5 ming 476 kilometrdan iborat mintaqaviy yo‘llar (ichki ko‘chalar) ta’mirlanadi va rekonstruksiya qilinadi;

- 1,3 trillion so‘m miqdoridagi mablag‘lar hisobidan qishloqlar obodonlashtiriladi;

- 36 mingdan ortiq hamda umumiy uzunligi 2 ming 458 kilometr bo‘lgan tungi ko‘cha yoritish hamda 21 ta aloqa tizimi yaxshilanadi.

- 556 ta avtobekat quriladi hamda 46,3 milliard so‘mlik 189 ta zamonaviy avtobuslar xarid qilinadi;

- ichimlik suvi ta’minoti tizimini yaxshilash maqsadida 2 ming 219 kilometr yangi tarmoq hamda 221 ta suv inshooti quriladi, 729 kilometr tarmoqlar hamda 163 ta suv inshootlari rekonstruksiya qilinadi;

- 361 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘lar hisobidan elektr va gaz ta’minoti tizimi yaxshilanadi;

- 214 ming 200 ta yakka tartibdagi uy-joylar hamda 1 ming 182 ta ko‘p xonadonli uy-joylar ta’mirlanadi;

- 378 ta ko‘p xonadonli uy-joylar hududlari obodonlashtiriladi;

- 280 ta bog‘cha, 510 ta maktab, 237 ta sog‘liqni saqlash hamda 439 ta boshqa ijtimoiy soha ob’ektlari quriladi;

- jami 2 ming 532 ta bozor infratuzilmasi ob’ektlari quriladi va ta’mirlanadi;

- 296 kilometr irrigatsiya va 1 ming 538 kilometr melioratsiya ob’ektlari quriladi, 584 kilometr irrigatsiya ob’ektlari tozalanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech