20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,1 °C

Mamlakatimizda
4 May  2019 1478

8,3 milliondan ortiq oilaning 2 milliondan ziyodi yosh oilalar

 “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Mening oilam — mening baxtim” shiori ostida “Yoshlar press-klubi”ning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya muhokamasida “Ibratli oila” tanlovining Toshkent shahar bosqichi  g‘oliblari, fan, san'at, madaniyat, sport, ishlab chiqarish sohasida uzoq yillik tajribaga ega bo‘lgan namunali oilalar, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi rahbariyati, mas'ul xodimlari va talabalar ishtirok etdi.

Bugun kunda mamlakatimizda 8,3 milliondan ortiq oila mavjud bo‘lib, shundan 2 milliondan ortig‘i yosh oilalardir. Mana shu yosh oilalarning tinch-totuvligini ta'minlashga katta e'tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda oila institutini mustahkamlash, oilalar totuvligini asrash, yoshlar ongida oila qadriyatlariga sodiqlikni shakllantirishga alohida ahamiyat qaratilyapti.

Sessiya ishi davomida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi mas'ul xodimlari 15-may — “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan loyihalar va tadbirlar xususida gapirib, bu bayram mamlakatimizdagi barcha oilalarning bayrami ekanligini, bugungi press-klub bu bayramning debochasi ekanligini ta'kidladi. Oylik doirasida “Oila” markazi tomonidan “Farovon oila — jamiyat ravnaqining asosi” mavzusida telemarafon, “Farovon oilaning bunyodkori bo‘laylik!” shiori ostida haftalik,  hududlarda “Otam — ishonchim, onam — quvonchim” insholar tanlovi, “Oilam — saodatim” ijodiy ishlar tanlovi, uzoq yillar birga umrguzaronlik qilgan oilalar bilan uchrashuvlar, oilaviy kitobxonlik, oilaviy tadbirkorlik, huquqiy savodxonlik borasida anjumanlar, jurnalistlar va ijodkorlar o‘rtasida oila mustahkamligini ta'minlaydigan tanlovlar, oila qadriyatlarini asrash uchun “Ahil oilalar tashrifi” kuni tashkil etilishi aytib o‘tildi.

Bayram arafasida mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan xalqaro ekpertlar ishtirokida “Ommaviy axborot vositalarida oila mavzusini yoritishning dolzarb masalalari” mavzusidagi hamda “O‘zbekistonda zamonaviy namunali oila rivojlanishining dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari  rejalashtirildi va olimlar jalb etilgani haqida ma'lumot berildi..

Shuningdek, sessiya doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan “Biz sog‘lom oilamiz” shiori ostidagi oilaviy yurish va yugurish marafoni, “Oilamga kitob bilan” shiori ostidagi kitob ko‘rgazmalari va madaniy tadbirlar, “Ibratli oilalar tashrifi” loyihasi, ta'lim muassasalari va mahallalarda o‘tkaziladigan “Yuridik qabulxona” va “Psixologik qabulxona” kabi respublika bo‘yicha o‘tkaziladigan loyihalar haqida ma'lumot berildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech