15 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,8 °C

Xavfsizlik
26 Aprel  2019 1102

18 dona televizor bozorga kirish arafasida qo‘lga tushdi

Amaldagi tartiblarga ko‘ra, jismoniy shaxslar 20 turdagi maishiy texnika buyumlari, ofis texnikalari va boshqa jihozlarni har 6 oyda chegarani birinchi marotaba kesib o‘tayotganda bojxona to‘lovlarisiz faqat 1 donadan olib kirishlari belgilab qo‘yilgan.

Ammo, ayrim fuqarolar mo‘may daromad ortirish maqsadida maishiy texnika buyumlarini yurtimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga urinishmoqda. Farg‘ona viloyati bojxonachilari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda shu kabi qonunbuzarlik holati fosh etildi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.

 “Avval-Farg‘ona-Marg‘ilon” yo‘nalishida harakatlangan fuqaro I.U.ga tegishli “Kobalt” rusumli avtomashina Marg‘ilon shahridagi bozor hududida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, avtomashina salonida yurtimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati qariyb 20 million so‘mlik 18 dona  televizorlar borligi aniqlangan.

Sodir etilgan  ushbu huquqbuzarlik viloyatning So‘x tumani ma'muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, qonunbuzarga nisbatan tegishli tartibda jazo tayinlangan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech