09 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,5 °C

Xavfsizlik
8 Yanvar  2019 1828

1206 dona LG rusumli televizorlarning noqonuniy olib kirilayotganligi aniqlandi

Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan katta miqdorda televizorlarni yashirin tarzda olib kirilayotgani fosh etildi. 

Buxoro viloyatida faoliyat yurituvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan biri nomiga jo‘natilgan yuk konteynerlarida, hujjatlarga ko‘ra, 389 o‘rinda qiymati 5422 AQSh dollariga teng bo‘lgan «Sintetik ip»​ tovarlari bo‘lishi kerak edi, deb xabar Davlat bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati.

Biroq konteynerlar bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda unda hujjatlarda ko‘rsatilmagan qiymati 5 milliard so‘mlik jami 1206 dona LG rusumli televizorlar mavjudligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech