20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,1 °C

Xalqaro munosabatlar
10 Iyun  2019 949

19 ta yo‘nalishni qamrab oladigan 120 tashabbus

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasining Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi chog‘ida soliqqa tortish va kadrlar masalalarini hisobga olgan holda hamkorlik sohasini 17 dan 19 tagacha kengaytirish, shuningdek, keyingi uch yil mobaynida 120 qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ulardan 73 tasi 2019-yilda ishga tushirilishi lozim. Bundan tashqari, muassasalar faoliyati  samaradorligini, rahbarlar malakasi va salohiyatni oshirishga alohida e'tibor qaratgan holda hamkorlik jadvalini takomillashtirish to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirishning aniq muddatlari tasdiqlandi.

2019-yil aprel oyida imzolangan bitim shartlariga muvofiq, ikki mamlakat 19 yo‘nalishda qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ekspert ishchi guruhlarini tuzdilar.

BAAda bilimlar almashish borasidagi hamkorlik davlat dasturining bir qismidir. Ushbu tashabbus doirasida Birlashgan Arab Amirliklarida hukumatni modernizatsiya qilish bo‘yicha Misr, Iordaniya, Kosta-Rika va Portugaliya bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi, deya xabar beradi AETOSWire.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech