15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,5 °C

Voqea-hodisalar
6 Noyabr  2019 499

11 noyabr Merkuriy sayyorasining Quyosh gardishidan o‘tishi kuzatiladi

2019-yil 11-noyabr kuni nodir astronomik voqyea – Merkuriy sayyorasining Quyosh gardishidan o‘tishi kuzatiladi. Bu hodisa Merkuriy tranziti deb ham ataladi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Tranzit Toshkent vaqti bilan 17:36 da boshlanib 23:04 gacha davom etadi va Merkuriy sayyorasi Quyosh va yer o‘rtasida bo‘ladi. O‘zbekistonda bu vaqtda Quyosh botayotganini hisobga olsak, ushbu tranzitni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida qisman kuzatish imkoni bor xolos. Shimoliy Amerika materigi hududida Quyosh chiqishi paytida, Janubiy-G‘arbiy Osiyo mamlakatlari, Afrika  va yevropa qit'alari hududlarida esa Quyosh botayotgan paytda uni kuzatish imkoni mavjud. Janubiy Amerika hududida joylashgan davlatlarda tranzitni to‘liq, ya'ni deyarli 6 soat kuzatish mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech