20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13 °C

Xavfsizlik
13 Mart  2019 1154

“102”ga qo‘shimcha ravishda ikkita raqam vaqtincha favqulodda qo‘ng‘iroqlarni qabul qiladi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tomonidan “102” raqamiga qo‘ng‘iroq qilib bo‘lmasligi, bazida “band” bo‘lsa, bazida operatorlar qo‘ng‘iroqqa javob bermasligi haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, “102” favqulod raqamiga qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish va ushlab turish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ishlar tugaguniga qadar, fuqarolar qulayligi uchun navbatchilik qismida ikkita qo‘shimcha telefon (71-232-30-40 va 71-232-40-50) raqamlari ajratildi. Ularga qo‘ng‘iroq qilib, hodisa va jinoyatlar haqida xabar berishingiz mumkin. Har qanday murojaatingiz bo‘yicha choralar tezda ko‘riladi. 102 xizmatidagi kamchiliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech