22 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,4 °C

Xavfsizlik
30 Yanvar  2019 1868

100 ming AQSh dollariga simob sotayotganlar qo‘lga olindi

O‘zbekiston Respublikasi davlat Bojxona qo‘mitasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Bektemir tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida fuqarolar D.A. va Z.A. “shartli xaridor”ga 15 kilogramm simobni 100 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Simob nihoyatda zaharli moddalar qatoriga kiradi. Ayniqsa, uning ochiq holda bug‘lanib havoda tarqalishi inson sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Ammo shunga qaramay mo‘may daromad evaziga mazkur zaharli moddani noqonuniy sotishga uringan ayrim kimsalar hali ham uchrab turibdi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech