14 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14 °C

Mamlakatimizda
9 Oktyabr  2019 246

Respublikadagi 10 ta OTM dunyodagi birinchi 1000 ta o‘rindagi OTMlar ro‘yxatiga kiritiladi

Prezident Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

Konsepsiyaga muvofiq, oliy ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklik rivojlantiriladi, hududlarda oliy ta'lim bilan qamrov darajasi 50 foizdan oshiriladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Shuningdek, respublikadagi kamida 10 ta OTM xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1000 ta o‘rindagi OTMlar ro‘yxatiga, shu jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universiteti birinchi 500 ta o‘rindagi OTM ro‘yxatiga kiritiladi.

Bundan tashqari OTMlarda o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkaziladi.

Farmon bilan, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi hamda O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalari rektorlari kengashi negizida NNT shaklidagi Respublika oliy ta'lim kengashi tashkil etildi.

Kengashning asosiy vazifalaridan biri so‘rovlar o‘tkazish, jamoatchilik fikrini o‘rganish orqali oliy ta'lim sifatini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Shuningdek, Farmonga ko‘ra, respublika OTMlari  rahbar xodimlarining xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishini bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idorani xabardor qilgan holda amalga oshirish tartibi joriy qilindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech