28 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,4 °C

Mamlakatimizda
11 Dekabr  2019 431

1 yanvardan yana bir faoliyat turi uchun litsenziya olish talab etilmaydi

“O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Farmoni (09.12.2019 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab:

- avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash, shuningdek, yo‘l-qurilish ishlarini texnik nazorat qilish uchun yangidan boshlanadigan ob'ektlar bo‘yicha shartnomalar faqat davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘tkaziladigan tanlov (tender) yakunlari bo‘yicha tuziladi;

- yo‘l-qurilish ishlari bo‘yicha konsalting xizmatlari (texnik nazorat) mustaqil tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin;

- Toshkent shahri ko‘chalarini qurish va ta'mirlash bo‘yicha buyurtmachining funksiyalarini sinov tarzida Toshkent shahar hokimligi amalga oshiradi.

Shuningdek, 2020-yil 1-yanvardan boshlab, neft bitumining yo‘llarga mo‘ljallangan markalarini sotish sohasida foaliyat olib borish huquqi uchun litsenziya olish talab etilmaydi.

Farmonga muvofiq, yo‘l-qurilish korxonalari MChJ etib qayta tashkil etilgan holda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidan chiqarildi.

Farmon bilan “Yo‘lqurilish” AJ tashkil etildi hamda qo‘mita tarkibidan chiqarilgan korxonalarning ustav jamg‘armalaridagi davlat ulushi mazkur AJga o‘tkazildi.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi avtomobil yo‘llari sohasidagi maxsus vakolatli organ va  avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ishlarning yagona buyurtmachisi etib belgilandi, deb xabar qiladi “Huquqiy axborot” kanali.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech