21 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,1 °C

Agrosеktor
17 Dekabr  2018 1766

Qariyb 400 ming kishi tashrif buyuradigan «Yashil hafta»

Vatanimiz agrar sohasi xodimlari 18 dan 27-yanvarga qadar Berlin (Germaniya)da 84-marta o‘tkazilayotgan «Yashil hafta-2019» xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etadi.

Tadbir o‘tkaziladigan maydonga amalda barcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini namoyishga qo‘yish mumkin. Hozirda an'anaga aylangan tadbir 1926-yildan boshlangan. Unda o‘zbekistonliklar ham ishtirok etadi. Vatandoshlarimiz 2016 yilda 61,2 million, 2017 yilda esa 151,2 million dollarlik shartnoma imzolagan edi. O‘tkazilayotgan ushbu keng miqyosli tadbir xalqaro tajribalar va ishlab chiqarish hamda qayta ishlashdagi zamonaviy texnologiyalar bilan tanishish, hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish va mazkur sohada yuz berayotgan barcha yangiliklardan boxabar bo‘lib turish imkonini beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko‘rgazmada ishtirok etish uchun kompaniyalardan buyurtmalar qabul qilishda davom etmoqda. Hozirga qadar yurtimizdan qirqqa yaqin vakil xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etish istagini bildirgan. «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazma kompaniyasi AJ bilan hamkorlikda zarur hujjatlar va ekspozitsiyalar eskizlari tayyorlanmoqda. Bizning yorqin va e’tiborni tortuvchi stendimiz 196 kvadrat metr maydonga joylashtirilishi oldindan ma’lum. Vazirlikda aytishlariga qaraganda, dastlabki eskizlar tayyor bo‘lgan.

O‘z axborotimiz
Фото: sng.today

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech