12 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9 °C

Agrosеktor
10 Sentyabr  2019 3179

Paxta hosilini terish uchun narxlar belgilandi

2019-yil paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi (752-son, 09.09.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qaror ko‘ra:

- mashinada terilgan 1 t paxta uchun – 600 000 so‘m xizmat haqi;

- qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun birinchi terimda –  800 so‘mdan, ikkinchi terimda – 1200 so‘mdan;

- mavsum mobaynida terim otryadi rahbarlariga har oyda 2 mln so‘mdan, terim markazlari rahbarlariga 3 mln so‘mdan mehnat haqi to‘lanadi.

Shuningdek, paxta to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotlariga va klasterlarga paxtani terib olish uchun banklar tomonidan yillik 16 foiz stavkada kredit ajratiladi.

Bundan tashqari, qarorga ko‘ra 2019-yil hosilini qisqa muddatda yig‘ib olish, terimchilar bilan o‘z muddatida hisob-kitob qilish uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 2020-yilda qaytarish sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech