20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13 °C

Hukumat
30 Aprel  2019 1479

Shavkat Mirziyoyev Boysun tumanida oqsoqollar bilan suhbatlashdi

Davlatimiz rahbari Boysun tumaniga tashrifi chog‘ida keksa avlod vakillari, tuman faxriylari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Samimiy suhbatda mamlakatimiz, jumladan, Surxondaryo viloyati va Boysun tumanini yanada rivojlantirishga investitsiyalar jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, hududdagi muhim ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar, xalqimiz turmush darajasini oshirish va yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Iqtisodiyotni rivojlantirish barobarida ma’naviyat va madaniyat sohalariga e’tiborni kuchaytirish, baxshichilikni yanada keng targ‘ib etish lozimligi ta’kidlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech